
"Andijon"ning qozog‘istonlik legioneri Ukrainaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi
Jahon chempionati saralash bosqichida Qozog‘iston terma jamoasi o‘z maydonida Ukraina terma jamoasini qabul qildi va qiziqarli kechgan o‘yinda 2:2 hisobida durang natija qayd etildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu uchrashuvda “Andijon” jamoasining qozog‘istonlik legioneri Vladislav Vasilev mezbonlar safida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 90-daqiqada zaxiraga olindi. Futbolchi uchrashuvning 43-daqiqasida hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston “D” guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda Frantsiya terma jamoasi etti ochko bilan etakchilik qilmoqda. Qozog‘iston hisobida esa 2 ochko bor va musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar