"Andijon"ning Turkiyadagi yig‘ini uch bosqichda o‘tkaziladi

  • 06.01.2026 09:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Andijon" klubi ham 5 yanvardan yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshladi.

Ta'kidlash joizki, yangi shartnoma imzolagan futbolchilardan Rahimjon Davronov, Jamshid Boltaboev, Islom Toʻxtaxoʻjaev, Odil Abdumajidov, Ibrohim Yoʻldoshev, Humoyunmirzo Iminov, Aleksandr Andronikashvili hamda Nemanya Chalasan jamoa ixtiyoriga qoʻshildilar.

Dragan Cheran, Igor Golban va Imeda Ashortia esa Antaliyadagi yigʻiniga yetib keladilar.

Tabiiyki, yangi mavsum uchun asosiy tayyorgarlik jarayoni Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadi. 7 yanvar-18 fevral kunlari oraligʻida oʻtkaziladigan oʻquv-mashgʻulot yigʻini uchta bosqichni oʻz ichiga oladi.

Demak, birinchi bosqich: 7-21 yanvar, ikkinchi bosqich: 24-5 fevral hamda uchinchi bosqich: 5-18 fevralni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, Turkiyada xorij klublariga qarshi 10 ta oʻrtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Tez orada raqiblar haqida ham ma'lumot taqdim etamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!