Andre Gomesh "Barselona"ni tark etadimi?
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Andre Gomesh mavsum so‘nggiga qadar jamoada qoladi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.
Ilgariroq, yanvarda uni “Arsenal” futbolchisi Mesut O‘zilga almashtirishlishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Bundan tashqari, Gomeshga “Yuventus” hamda “Tottenxem” jamoalaridan qiziqishi bo‘layotgani ham aytilgan edi.
Ma’lumot uchun, Gomesh bu mavsum “Barselona” safida 11 bahsda ishtirok etdi.

Fikrlar