Andre Shyurrle faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

  • 15.07.2020 23:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” Dortmund bilan shartnomasi bekor qilingach, erkin agentga aylangan hujumchi Andre Shyurrle faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga yangi mavsumni A Seriyada boshlaydigan "Benevento"dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shyurrle joriy mavsumni “Spartak” Moskva safida ijarada o‘tkazdi va 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!