Andre Shyurrle qaysi rus klubiga o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Andre Shyurrle yangi mavsumni Rossiya premer-ligasida o‘tkazadi.
RBK-Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli germaniyalik futbolchini Moskvaning “Spartak” klubi bir yilga ijaraga olmoqda. U bugun yoki ertaga moskvaliklar qarorgohiga etib kelishi aytilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda Shyurrle “Spartak”da yiliga 3,5 mln evro maosh oladi. Agar ijara muddati yakunlangach rus klubi uni sotib olishni istasa, ushbu transfer 8 mln evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Dortmund Shyurrleni 2016 yil “Chelsi”dan 30 mln evroga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsumni Angliyaning “Fulxem” klubida ijarada o‘tkazdi va APLda 24ta o‘yinda maydnga tushib, 6ta gol urdi.

Fikrlar