Andre Villash-Boash hakamdan kechirim so‘radi

  • 7 mart, 2020, 12:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" bosh murabiyi Andre Villash-Boash Frantsiya birinchi divizoni 28-turi doirasida "Amen" bilan bahsdagi vaziyat uchun uchrashuv bosh hakamidan kechirim so‘radi.

Tecno

O‘yinning 83-daqiqasida "Amen"ning ikkinchi golidan so‘ng, Villash-Boash uchrashuv bosh hakami Fransua Leteksega e’tirozlarini bildirdi. Shundan so‘ng, arbitr portugaliyalik mutaxassisni qizil kartochka bilan jazoladi.

"Arbitrdan bo‘lib o‘tgan vaziyat uchun uzr so‘rayman. Ushbu holatda men nohaq edim", - dedi Villash-Boash o‘yindan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!