Andres Inesta “Espanol”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 29.04.2017 14:15
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inesta jamoaning keyingi turdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ispaniyalik xavbek oyog‘idagi jarohati bois navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi hozircha jarohatidan forig‘ bo‘lganicha yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” bugun safarda “Espanol” bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!