
Andrey Lyax: Odil Ahmedov "Real Madrid" darajasidagi futbolchi. U RPLdagi eng kuchli yarim himoyachilardan edi
«Arsenal» Tula klubining sobiq futbolchisi Andrey Lyax faoliyatidagi eng kuchli raqiblar nomini aytdi. Bu haqda Sports.ru nashri xabar berdi.
Hozirda "Chayka"da o‘ynayotgan 31 yoshli yarim himoyachi 2014/15 yilgi mavsumni RPLda Tula klubi tarkibida o‘tkazgandi.
- "Krasnodar" yarim himoyasida Pereyra, Izmaylov, Ahmedov bo‘lgan va bu futbolchilar bizni ancha qiynab qo‘ygandi. Ular butun o‘yin davomida muammo tug‘dirgan, shunchaki ahvolimizni og‘irlashtirib yuborgandi.
Ahmedov - "Real Madrid" darajasidagi futbolchi. Juda kuchli edi. Bubnov tomonidan e’tirof etilgan yagona futbolchi. Menimcha, Odil Ahmedov va Lassana Diarra Rossiyada o‘ynagan eng kuchli ikki tayanch yarim himoyachi edi, - dedi Lyax.
Fikrlar
Сандакаларга тушунтириб куйаман!
Термани охирги чиколмаганида Одилни бушашганлиги сабаб! Сардорликни хам, мураббийликни хам эплолмаган ана УФА йигилишида маникюр килиб утирибди.Агарда ростдан хам эплолганида Жепаров ва Копадзега ухшаб тренерлик киларди. Одилинг футболни тушунса хам, футбол ташкилотчилиги ва менежментини умуман тушунмайди! Уйинчилар ва тренерлар билан муомалани билмайди.
ar aytgan,qayerdagi QVZ chilar emas.Uni mensimayotganlardan farqli, funksiyonerlar u uchun millionlab pul berishgan,xizmatlari uchun ham yuqori oylik berishgan
yevro standard óyinchi