Asosiy mazmunga oʻtish

Andrey Shipilov: Bu mening shaxsiy fikrim

Bekzod Isayev
Izohlar: 0

Bekobodliklar ustozining uchrashuv borasidagi fikrlari

"Navbahor" - "metallurg" bahsidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Menimcha, bugungi uchrashuvda har ikki jamoa a’zolari ham o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish eta olishmadi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim.

Uchrashuvning qiyin kechganligiga o‘zinglar guvoh bo‘ldinglar. O‘yin davomida futbolchilar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi, to‘pni o‘z jamoadoshlariga aniq etkazib bera olmadi, bir so‘z bilan aytganda, “braklar” ko‘p bo‘ldi. Balki buning o‘ziga yarasha sabablari bor.

O‘z jamoamiz borasida shuni ta’kidlamoqchimanki, o‘yin juda og‘ir kechdi. Nimayam derdim, 9 kun ichida 3 ta o‘yin o‘tkazamiz. Keyingi uchrashuv o‘z maydonimizda bo‘lib o‘tadi. Joriy mavsum yakunlanishiga 7 ta tur qoldi. Qaysi jamoa qolgan uchrashuvlarni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazsa, omad kulib boqsa, mavsum yakunida turnir jadvalining yuqori qismidan o‘rin olishi mumkin, - dedi Andrey Shipilov.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q