Angliya futbol assotsiatsiyasi “Manchester Yunayted”ga qarshi ayblov e’lon qildi

  • 24.03.2023 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Manchester Yunayted”ga qarshi ayblov e’lon qildi. Bayonotda klub o‘z o‘yinchilarining tartibli xulq-atvorini ta’minlay olmagani aytiladi.

Gap shundaki, “Fulxem”ga qarshi kechgan kubok bahsining 71-daqiqasida “qizil iblislar” futbolchilari hakamni o‘rab olishdi va o‘z noroziliklarini bildirishdi.

Endi "Manchester Yunayted" 27 martgacha ushbu ayblovlarga javob berishi kerak. Balki klub jarimaga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" shu kuni "Fulxem"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Angliya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Endi “qizil iblislar” bu bosqichda "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv 23 aprel kuni "Uembli"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!