Angliya grandi “Roma” hujumchisiga ko‘z tikmoqda

  • 03.12.2022 19:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. “To‘pchilar” joriy mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgan Temmi Abraxamni transfer qilmoqchi.

Abraxam aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanardi. “Roma”ga ko‘chib o‘tganidan keyin bu jamoa tarkibidagi debyut mavsumida 53 ta uchrashuvda 27 ta to‘p kiritdi.

Uning sermahsul o‘yini Angliyaning qator grandlari e’tiboriga tushdi. Rimliklar yozda bu futbolchini transfer qilishdan bosh tortdi.

Aksiga olib, Abraxam yangi mavsumda “yo‘qolib” qoldi. Uning ahvoli Joze Mourinoni ham bezovta qilmoqda. Rim klubi gol urishni unutib qo‘ygan katta maosh oluvchi hujumchidan tezroq voz kechmoqchi.

Temmi Abraxamning o‘zi ham Angliya premer-ligasiga qaytishga moyillik bildirmoqda. 25 yoshli forvardga “kanonirlar”dan tashqari “Aston Villa” ham jiddiy qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!