Angliya klubiga birorta futbolchi kelishni istamayapti
Angliya Premier-ligasining bu mavsumida autsayderlardan biriga aylanib qolgan Londonning “Vest Xem” klubi tarkibni yangi futbolchilar bilan kuchaytirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
The Athletic nashrining ma'lum qilishicha, bunga asosiy sabab – jamoaning Angliya Premier-ligasi turnir jadvalidagi holati.
Ma'lum bo'lishicha, “bolg'aurlar”ning futbolchilari shartnomalarida jamoa Chempionshipga tushib ketgan taqdirda ularning maosh 50 foizga kamayishi haqida maxsus band mavjud.
“Vest Xem”dagi nomini oshkor qilmaslikni so'ragan manbalardan biri ushbu band doimo shartnomalarga kiritib kelinganini ta'kidlagan.
Biroq jamoa xavfli zonadan chiqib ketish uchun tarkibini kuchaytirishga urinmoqda, biroq yuqorida keltirilgan band tufayli hech bir futbolchi taqdirini quyi ligaga tushib ketish ehtimoli katta bo'lgan “Vest Xem” bilan bog'lanishni istamayapti.
Fikrlar