
Angliya kubogi. "Chelsi" quyi liga vakilini ekstra-taymlarda mag‘lub etdi
Anliya kubogi doirasidagi "Chelsi" - "Plimut" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlabki gol 8-daqiqada mehmonlar futbolchisi Makoley Gillesfi tomonidan kiritildi. Hisobni tenglashtiruvchi gol "aristokratlar" sardori Sezar Aspilikuetaga nomiga yozilgan bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limdagi hal qiluvchi gol muallifi Markos Alonso bo‘ldi.
Shu tariqa, "Chelsi" jamoasi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Plimut" esa shu bosqichda musobaqa bilan hayrlashdi.
Fikrlar