Angliya kubogi. "Liverpul" chiroyli gollar kiritilgan bahsda g'alaba qozondi
Angliya kubogining navbatdagi bosqichida Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" o‘z maydonida "Barnsli"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan holda, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Dominik Soboslai bellashuvning dastlabki daqiqalarida puska zarba yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 36-daqiqada esa Jeremi Frimpong navbatdagi kuchli zarba bilan jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bo‘lim so‘nggida esa vengriyalik o‘yinchi himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, golga sababchi bo‘ldi (2:1). To‘qnashuv yakunlanayotganda Florian Virts ham ajoyib tarzda gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Bundan tashqari, Ekitike 90+4-daqiqada germaniyalik yarim himoyachining uzatmasidan so‘ng hisobni yanada yiriklashtirib qo‘ydi.

Fikrlar