Angliya Liga kubogi. Ikkinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Liga kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasidagi "Arsenal" – "Liverpul" o‘yini bo‘lib o‘tdi. "Emirates" o‘yingohida kechgan bahsda "qizillar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu jamoalar dastlabki bahsda nursiz durang qayd etgandi. 

Uchrashuvdagi ikki golga ham mersisaydliklar futbolchisi Jota mualliflik qildi. "Liverpul" finalda "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi. Final 27 fevral kuni "Uembli"da bo‘lib o‘tadi.

Londik klubi yarim finalda "Tottenxem"ni mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!