Angliya murabbiy muammosini qachon hal qiladi?

  • 13 dekabr, 2022, 22:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya mundialni Frantsiyaga mag‘lub bo‘lib tark etganidan keyin Sautgeytning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. “90MIN” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoa tez kunda murabbiy bilan muzokaralar o‘tkazadi va kelajagini hal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Garetning “uch sherlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. U 2016 yildan beri Angliyanin boshqarib kelmoqda va faoliyati davomida eng yaxshi natijalarni qayd etgan murabbiylardan biri bo‘ldi.

Sautgeytning ketishi va uning o‘rniga Stiven Jerrard kelishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lishni boshladi. Manbaning ta’kidlashicha, hali hech qanday murabbiy bilan aloqaga chiqilmagan. Hammasi Gretning bilan bo‘ladigan muzokaralardan keyin had qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!