Angliya premer-ligasi jamoalari maydonga tushishdan bosh tortmoqda

  • 16 dekabr, 2021, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi yana futbolga zarba berdi. Ayni paytda premer-liganing bir necha jamoalarida virus yuqtirgan futbolchilar aniqlangan. Shuningdek, yangi holatlar ham tobora ko‘payib bormoqda.

Tecno

Angliya Premer-ligasi rahbariyati bir necha uchrashuvlarni qoldirish bo‘yicha qaror chiqardi. Biroq, aksariyat ishtirokchi jamoalar premer-liga o‘yinlarini keyingi yilgacha to‘xtatishni talab qilyapti.

Klublar mutasaddilari liga rahbariyatiga oldindagi to‘rtta tur uchrashuvlarini boshqa muddatga surishni so‘rayapti.

Agar turnir tashkilotchisi bu talabni qabul qiladigan bo‘lsa, huquqi sotilgan teletranslyatsiyalar uchun televizion kompaniyalarga kompensatsiya to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!