
Angliya terma jamoasi bu ishni qatorasiga ikkinchi JChda uddaladi
Angliya terma jamoasi qatorasiga ikkinchi yil jahon chempionati chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Angliyaliklar nimchorak finalda Senegalni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
JCh-2018da Sautgeyt shogirdlari to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda "uch sherlar" Belgiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2014da Angliya termasi Kosta-Rika, Urugvay va Italiya bor guruhda oxirgi o‘rinni egallagan.
Fikrlar