Angliya terma jamoasi hujumchisi Germaniyaga yo‘l olishi mumkin
Jeydon Sancho yozda Bundesligaga qaytish haqida o‘ylamoqda. Bu haqida "Football Insider" nashri ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mavsum boshida ingliz futbolchisi "Machester Yunayted"dan "Aston Villa" safiga ijara asosida kelib qo‘shilgan edi. Vingerning fikricha uning birmingemliklar tarkibida joy topip qolishi dargumon. Shu sababli Sancho Germaniyaga qaytish haqida o‘ylamoqda. 2024 yilda Jeydon "Borussiya Dortmund" safida bir mavsum ijara asosida harakat qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum Unai Emeri qo‘l ostida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar