Angliya terma jamoasi yulduziga to‘rtta grand klub da’vogар
Angliya terma jamoasi va "Aston Villa" klubi futbolchisi Morgan Rodjers boshqa ingliz klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Birmingemning "Aston Villa" klubi hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjersning xizmatlariga Londonning "Chelsi" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "sherlar" o‘z yulduzi uchun 115 million yevro talab qilmoqda. Bundan tashqari, Rodjers uchun "Manchester Siti", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ham da’vogarlik qilmoqda. 23 yoshli xavbekning "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Rodjers joriy mavsumda umumiy 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta golli uzatmani hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar