
Angliyada yana qat’iy karantin e’lon qilindi. Futbol ham to‘xtatiladimi?
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson rasman lokdaun haqida e’lon qildi. Angliyada 5 noyabrdan 2 dekabrgacha koronavirus tarqalishini to‘xtatish maqsadida umummilliy yakkalanish rejimiga o‘tiladi. Mamlakatda qayta qat’iy karantin qoidalari joriy qilinmoqda.
Bu o‘z navbatida, APL muxlislarida savol paydo bo‘lishiga olib keladi: ya’ni chempionat davom ettiriladimi?
Angliya Premer ligasi to‘xtatilmaydi (hozircha). Musobaqalar yopiq tarzda tashkil etiladi va qat’iy tekshiruv asosida ruxsat beriladi. Buni bosh vazir aytib o‘tdi.
Fikrlar