Angliyaga gigant futbolchi kelyapti

  • 30.08.2022 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasi vakili “Vulverxempton” mutasaddilari yozgi transferlar oynasi yopilishi arafasida “Shtuttgart” hujumchisi Sasha Kalayjichni o‘z safiga o‘tishga ko‘ndirdi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Manbaning ta’kidlanishicha, tomonlar bu transferni 18 million evroga kelishdi. Shuningdek, angliyaliklar natijaga qarab, turli bonuslar to‘lab borishi belgilangan.

Avstriyalik hujumchi jismoniy ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Uning bo‘yicha ikki metr ekani havodagi kurashlarda unga ustunlik beradi.

“Shtuttgart”da uch yil o‘ynagan futbolchi bu jamoa tarkibida 60 ta o‘yinda qatnashib, 24 ta gol va 2 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!