
Angliyalik futbolchilarga Jahon chempionati g‘olibligi uchun katta mukofot va’da qilindi
Angliya milliy terma jamoasi mundialdagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.
"The Telegraph" nashrining ma’lum qilishicha, "uch sherlar" Jahon chempioni bo‘lgan taqdirda har bir futbolchi taxminan 400-450 ming funt sterling miqdorida mukofot puli oladi.
Shuningdek, inglizlar pley-offdagi har bir g‘alaba uchun yana qo‘shimcha bonusga ega bo‘ladi. Sautgeyt shogirdlari buning uchun bugun bo‘lib o‘tadigan Senegalga qarshi bahsda zafar quchishi lozim.
Quyida "uch sherlar"ning ehtimoliy raqiblari bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar