
Angliyani enggan Ispaniya ayollar terma jamoasi jahon chempionati g‘olibiga aylandi!
Avstraliyada o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga etdi. Finalda Ispaniya ayollar terma jamoasi Angliyadan kelgan raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionatida tengsiz bo‘ldi.
Yagona golni 29-daqiqada Olga Karmona kiritdi. Bu gol yakunda finaldagi g‘alaba uchun etarli bo‘ldi va ispanlar ilk marta ayollar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.
3-o‘rin uchun kechgan bahsda Shvetsiya mezbon Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medallariga ega chiqdi.
Fikrlar