Angliyaning mashhur futbolchisini A Seriyaga chaqirishyapti

  • 16.08.2024 15:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul”, “Manchester Siti” va “Chelsi”dagi sermahsul o‘yinlari bilan tanilgan hujumkor futbolchi Rahim Sterling ilk bor legionerga aylanishi mumkin.

29 yoshli yulduzga Turinning “Yuventus” jamoasi qiziqish bildirmoqda. Insayder Janluka di Martsioning ma’lum qilishicha, turinliklar o‘yinchini transfer qilish imkoniyati haqida ma’lumot so‘ragan.

“Yuventus” yozgi transferlar yakunigacha hujum chizig‘ining har ikki qanotini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klub ro‘yxatida “Manchester Yunayted” vakili Jeydon Sancho va “Portu”da o‘ynayotgan Fransishku Konseysau ham bor.

Rahim Sterlingning “Chelsi” bilan yana uch yillik shartnomasi bor. Transfermarkt portali tajribali to‘purarni 35 million  evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!