
Angliyaning yana bir ligasi qachon boshlanishi e’lon qilindi
Nufuzi jihatidan Angliyaning 2-darajali ligasi hisoblangan Chempionshipda ham mavsum tiklanadi. Britaniya hukumati futbol bellashuvlarini o‘tkazishga ruxsat berganidan so‘ng liga rahbariyati mavsum 20 iyundan davom ettirilishini e’lon qildi.
Aytish kerakki, Chempionshipda mavsumning o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 108 ta o‘yini bor. Shundan so‘ng odatdagidek 3-7 o‘rindagi jamoalar o‘rtasida APLga chiqish uchun pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yinlar iyul oyi oxiriga rejalashtirilmoqda.
Chempionshipda ham o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladi. Taqvim esa APL bilan maslahatlashgan holda tuzib chiqiladi. Boisi, Premer-liga ham 20 iyundan tiklanadi.
Fikrlar