Ankalaev chempionni nokautga uchratishga va’da berdi

  • 1 iyul, 2024, 15:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning yarim og‘ir vazn toifasi reytingida 2 o‘rinni egallab turgan Magomed Ankalaev(18-1-1-1 N/C) chempion Aleks Pereyra(11-2)ni nokaut qilishga va’da berdi.

Tecno

"Tabriklayman, chempion. Men juda ta’sirlandim. Dana Uayt har doim  MMA - bu imkoniyatlar sporti ekanligini ta’kidlagan. Men o‘z imkoniyatimni xohlayman. Ishonamanki, men seni nokaut qilaman. Ikki yil oldin Pereyra men bilan jang qilishga tayyor emasligini aytgandi. Bugun men uchun u, u uchun men diviziondagi eng xavfli raqiblarmiz”, –  deb yozadi Ankalaev X da.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni "UFC 303" turnirida Pereyra Irji Proxazkani ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!