Antiqa terma jamoa tuzildi. Uning etakchisi Messi!

  • 4 yanvar, 2021, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

WhoScored statistika sayti 2020 yil yakunlari bo‘ybcha Evropaning eng kuchli beshta chempionatida to‘p tepayotgan futbolchilardan tarkib topgan ramziy terma jamoani tuzdi. Jamoaga yil davomida o‘z pozitsiyasi bo‘yicha yuqori ball olgan futbolchilar kiritildi.

Tecno

Portal ma’lumotiga ko‘ra, “Top-5” chempionatlarida eng yuqori ballga “Barsa” sardori Lionel Messi loyiq topilgan.

Ramziy jamoa bilan tanishing.

Darvozabon: Aleksandr Ukidya (“Mets”) — 7,11 ball.

Himoyachilar: Joau Kanselu (“Manchester Siti”) — 7,33. Serxio Ramos (“Real Madrid”) — 7,13. Mats Xummels — 7,32. Rafael Gerreyru ( ikkisi ham “Borussiya Dortmund”) — 7,48.

Yarim himoyachilar: Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) — 7,72. Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) — 7,68.

Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”) — 8,54. Kilian Mbappe (PSJ) — 8,10. Robert Levandovski (“Bavariya) — 8,17. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) — 7,86.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!