Anvar Berdiev: "1:0 bo‘lib turganida himoyachilarga ko‘proq bosim tushadi"
Pro-liganing 4-turidan o‘rin olgan "Turon" - "G‘ijduvon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bugungi o‘yin haqida
- "G‘ijduvon"ga qarshi o‘yin qiyin o‘tishini avvaldan bilgandik. Har bir uchrashuv alohida tarix va unga alohida yondashish kerak. Qaysi jamoaning tayyorgarligi yuqori bo‘lsa g‘alabaga erishadi. Jamoamiz futbolchilariga sifatli o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, bizni stadionga kelib qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham rahmat aytaman.
- Ikkinchi bo‘limda tashabbus raqib tomoniga o‘tib ketgandek ko‘rindi...
- O‘yin hakam hushtagi yangraguniga qadar davom etadi. Maydonda oxirigacha kurashish lozim. Goldan so‘ng yigitlar xotirjamlikka berilishdi. G‘alaba bilan barchani tabriklayman.
- Himoyachilarning o‘yinidan qoniqdingizmi?
- Hisob 1:0 bo‘lib turgan vaqtda himoyachilarga bosim ko‘proq tushadi. Zaxiradan himoyachini maydonga tushirdik va to‘p o‘tkazib yubormadik.
"Turon" matbuot xizmati



Fikrlar