Anvar Berdiev: Tez kunlarda “Neftchi” mashg‘ulotlariga qo‘shilaman

  • 21 dekabr, 2016, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda Oliy liga jamoalari kelgusi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Uzoq yillar “Neftchi” sharafini munosib himoya qilib kelgan tajribali hujumchi Anvar Berdiev yana farg‘onaliklar safida to‘p surishga yaqin turibdi.

Tecno

 “Tez kunlarda "Neftchi" safiga ko‘shilib mashg‘ulotlarda ishtrok etishni boshlayman. Aslida yozda “Neftchi”ga kaytishim mumkin edi. Lekin ayrim sabablar tufayli bu ish amalga oshmagan. Andrey Fyodorov shu kunlarda Farg‘onaga keladi va u bilan gaplashganimdan so‘ng xammasi malum bo‘ladi”, - deydi tajribali futbolchi “Telegram”dagi vodiy futboli kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Berdiev o‘tgan mavsum Oliy liga bilan hayrlashgan “Andijon” safida to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!