Anvar Berdiev "Turon"da ish boshladi

  • 5 iyun, 2021, 17:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Faoliyati davomida “Nasaf", "Bunyodkor" va "Neftchi" kabi nomdor klublarda o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan taniqli mutaxassis Anvar Berdiev klubimiz murabbiylar shtabida ish boshladi, - deya xabar bermoqda, “Turon” klubi matbuot xizmati.

Tecno

Iste’dodli murabbiy bugunga qadar "Istiqlol" va "Buxoro" klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan. Shuningdek, Anvar Berdiev milliy chempionatimizda 500 tadan ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida tarixda qolgan. Berdiev jamoa hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish maqsadida klub tizimiga yordamchi murabbiy sifatida jalb etildi.

"Turon" futbol klubi barcha muxlislar nomidan Anvar Berdievning jamoadagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!