Anvar Turopov tarozidan muvaffaqiyatli o‘tdi

  • 29.06.2019 19:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, hamyurtimiz, Anvar Turopov ertaga Tailandning Pattaya shahrida WBC Asia kamari uchun ringa ko‘tariladi. Unga tajribali Fillipin vakili Roberto Gonsales to‘qnash keladi. Mazkur jang 10 raunddan iborat. Yurtdoshimiz shu kunga qadar professional boksda to‘rt bora jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan va bir bora mag‘lubiyatga uchragan edi. Uning raqibi fillipinlik bokschi esa, anchagina tajribali sanaladi. U profi ringda 33 bora jang o‘tkazib, ularning 28 tasida g‘alaba qozona olgan va 5 marotaba raqiblariga imkoniyatni boy bergan.

Bugun, ushbu jang avvalidagi vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Anvar 63.5 kg tosh bosib, belgilangan vazn meyorini bajara oldi.
photo_2019-06-29_19-12-44

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!