
APL. 10-turda olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!
Angliya Premer ligasining 10-turida bir qator qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvida "Chelsi" va "Tottenxem" o‘zaro to‘qnash kelib, nursiz durang o‘ynadi. "Arsenal" safarda "Vulverxempton"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, "Manchester Siti" "Byornli" klubini yirik 5:0 hisobida taslim etdi. Turning qolgan bahslari ham qiziqarli kechdi. 10-turdan olingan eng sara suratlar orqali fotomaqola tayyorladik.
Buyuk futbolchi va afsuski, boshqa urmaydigan buyuk yurak! Ha, Maradonaning vafotidan keyin, Angliyaning dastabki uchrashuvida ham uni xotirlashdi.
"Nyukasl" hujumidagi tandemning ish berishi "Kristal Pelas"ni qurbon qildi.
To‘p kaerdan o‘tib ketganligini payqadingizmi?
To‘g‘ri topdingiz!
"Brayton" va "Liverpul" qarama-qarshiligi keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
Hattoki, fotomuxbirlarga bunday lavhalarni ilib olish unchalik qiyin bo‘lmaganini payqash mumkin.
Penaltilar, "Liverpul"ning hisobga olinmagan 2 ta goli... Barchasini shu inson amalga oshirdi.
Nima deb o‘ylaysiz? Klopp o‘z e’tirozlarini hakamlarga bildiryaptimi yoki Alissonga?
Bu esa, "Liverpul"dan ochko olishga sabab bo‘lgan, 90-daqiqadagi Gross tomonidan berilgan zarba!
"Byornli" darvozasi oldida "Manchester Siti" futbolchilari istaganlarini qilishdi.
Ayniqsa, Mahrezning o‘yini ochilib ketdi va Pikok-Farrell darvozasiga uchta to‘p kiritdi.
Bellashuv tablodagidek hisobda yakunlandi.
Qizig‘i, Gvardiola shogirdlari shu yilning iyun oyida ham "Byornli" ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Marselo Belsa "Everton"ga qarshi bahs uchun jamoasini yaxshi tayyorlagan ekan.
"Lids" a’zolari g‘alaba uchun borlarini berib, harakat qilishdi.
Samolyot kabi "uchish"!
Shunchaki "uchish"!
"Vest Bromvich" va "Sheffild" o‘rtasidagi uchrashuv turning eng e’tiborsiz o‘yinidek tuyulishi mumkin, ammo bahs juda ham shiddatli kechdi.
Jamoalar gol urish uchun hujumkor futbol namoyish etib berdi.
Gallaxer tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha qoldi.
U golni qanday nishonlaganini ko‘rishingiz mumkin.
Bu tomondan olingan kadr ham bor.
APLda fotograflar har tarafdan suratga oladi.
"Piramida"!
Birinchi bo‘limdagi ishonchsiz natijadan so‘ng, Kavani bahsga qo‘shildi.
O‘sha bo‘limda De Xea darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritilgandi.
Urugvaylik forvardga "qizil-iblislar"ning "yoqimtoy"iga aylanish uchun bitta taym etarli bo‘ldi.
Bellashuv harorati murabbiylarni turli emotsiyalar ko‘rsatishga majbur qildi.
U o‘yinning eng yaxshi futbolchisi!
Markaziy bellashuvda Joze Mourino sobiq jamoasiga qarshi to‘qnash keldi.
Ushbu uchrashuv nihoyat, "Chelsi" darvozabon muammosidan qutilganiga isbot bo‘la oldi.
Joriy mavsum sermahsullikda etakchilik qilayotgan Son ham darvozaga yo‘l topolmadi.
"Chelsi" futbolchilari ham bundan mustasno emas.
Shu tariqa, katta qiziqishlar bilan kutilgan Lempard va Mourino qarama-qarshiligida hisob ochilmadi.
Bu to‘qnashuvni ko‘rdingizmi?
David Luiz va Raul Ximenes bir-biriga bosh bilan zarba berib yubordi va hakam taxminan 10-15 daqiqa davomida bahsni to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi.
Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
O‘yin shiddatidan kelib chiqib, biz yana jarohatlar guvohiga aylanishimiz mumkin edi, ammo hayriyatki, barchasi yaxshi yakun topdi.
Portugallarni yig‘ib olgan portugaliyalik mutaxassis Eshpiritu Santu kerakli natijaga erishdi.
Areola "Fulxem"ni bir qancha vaziyatda qutqarib qoldi.
Shmeyxel Lukmanning zarbasi oldida ojiz qoldi.
Areoladan yana bir seyv!
"Lester" maydonidan g‘alaba bilan qaytish har qanday jamoaga ham nasib qilavermaydi.
Bu safar izoh sizdan bo‘lsin!
Olli Uotkins - antiqahramon! Uning golini VAR tan olmadi va u penaltini aniq amalga oshirolmadi.
Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurashni fotomuxbir darvoza ortidan tasvirga olgan vaziyat.
Xuddi shu holatni boshqa tomondan ko‘rish imkoni ham bor.
"Aston Villa"ga Grilishning urgan goli ham etarli bo‘lmadi.
Ushbu g‘alaba Devid Moyes shogirdlarini beshinchi o‘ringa olib chiqdi.
Fikrlar