
APL. 2-turda ko‘rishingiz shart bo‘lgan uchta uchrashuv bor!
22 avgust sanasidan Angliya Premer-ligasining 2-tur baxslari start oladi. Ushbu turda ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 3 ta o‘yin xaqida gaplashamiz!
Birinchi uchrashuv - "Manchester Siti" va "Tottenxem" qarama qarshiligi
Ikki jamoa ham dastlabki turda raqiblaridan bir bosh ustun ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Evropa ligasining amaldagi g‘olibi Londonning "Tottenxem" jamoasi ilk turda Chempionshipning vitse-chempioni "Byornli"ga qarshi o‘z maydonida baxs olib borib, 3:0 xisobida g‘alaba qozondi. "Shaharliklar" esa safarda "Vulverxempton"ga qarshi maydonga tushdi va Xolandning dubli hamda Sherki va Reyndersning gollari evaziga yirik 4:0 xisobida zafar quchdi.
Natijalar ko‘rsatib turibdiki, ikki jamoada ham kayfiyatlar a’lo darajada. Tarkibning yulduzli ekani tarafdan qaralsa, "Manchester Siti" favoritdek ko‘rinadi. Biroq "shporlar" har doim katta o‘yinlarda raqiblar uchun "chaqilmas yong‘oq"qa aylanadi. Shu sababdan o‘yin bir taraflama bo‘lmasligi aniq. Ushbu baxs 23 avgust sanasida soat 16:30 da start oladi.
Ikkinchi markaziy uchrashuv - "Nyukasl" xamda "Liverpul" bahsi
Premer-liganing amaldagi chempioni va Angliya Liga kubogining amaldagi g‘olibi to‘qnashuvi ham ko‘p narsaga va’da bermoqda.
Dastlabki turda ikki jamoa ham katta qiyinchilikka duch keldi. "Liverpul" "Bornmut"ga qarshi kechgan baxsda so‘ngi daqiqalarda urgan gollari evaziga g‘alabani ilib ketgan bo‘lsa, "hakkalar" "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda murosa ko‘chasini tanladi - 0:0.
Ikki klubning o‘zaro so‘ngi 3 o‘yiniga qaraydigan bo‘lsak, har ikki jamoada ham bittadan g‘alaba bor va yana bir baxsda durang natija qayd etilgan. "Nyukasl" Liga kubogini ham aynan "qizillar"ga qarshi bahsdagi g‘alabadan so‘ng boshi uzra baland ko‘targan edi. Jamoalarning so‘ngi o‘yinlardagi natijalari ham ushbu baxs keskin kurashlar ortida o‘tishini kafolatlamoqda. Uning ustiga Aleksander Isak ikki klub o‘rtasida sarson bo‘layotgani ham o‘yin intrigasini oshirishi tabiiy.
Olovli uchrashuv 25 avgustdan 26 avgustga o‘tar kechasi tungi soat 00:00 da boshlanadi.
Uchinchi baxs - "Fulhem" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi
Har ikki klub ham natija tomonlama muxlislarini xursand qila olmagan bo‘lsalar ham, o‘yin tomonlama raqiblariga etarlicha muammolar tug‘dirdi. MYu "Arsenal"ga qarshi "Old Trafford"da raqibdan ustunlik qilgan bo‘lsada, yakunda 0:1 xisobida mag‘lub bo‘ldi. "Fulhem" esa safarda "Brayton" mexmoni bo‘lib so‘ngi soniyalarda urilgan gol evaziga 1 ochkoga ega bo‘lgan edi.
Transferlar oynasida hujum chizig‘ini qo‘rqinchli holga keltirib olgan "qizil iblislar" yangi mavsumda gol urish missiyasini bajargani yo‘q. Biroq ikkinchi turda Mbyomo, Sheshko va Kunya uchligi raqib himoyasiga etarlicha bosh og‘rig‘i bo‘lishi tabiiy. "Fulhem" esa tartibli himoyasi va qarshi hujumlari evaziga o‘z muxlislari qarshisida g‘alaba qozonishga xarakat qiladi. Dramatik o‘tishi kutilayotgan baxs 24 avgust kuni soat 20.30 da start oladi.
Shu 3 ta uchrashuvning o‘zi ikkinchi tur baxslari qanday darajada o‘tishini ko‘rsatib turibdi. Qolgan uchrashuvlar ham bu o‘yinlardan past darajada o‘tmasligi aniq.
Ulug‘bek Hoshimov
Fikrlar