APL. 24-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
APLning 24-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu turda bir qator qiziqarli va kurashlarga boy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Markaziy o‘yin “Tottenxem” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasida kechdi va 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Bu natija “Arsenal” foydasiga xizmat qildi. Mikel Arteta shogirdlari “Fulxem”ni yirik hisobda mag‘lub etib, “Siti” bilan ochkolar orasidagi farqni yanada oshirib oldi.
Shuningdek, “Chelsi” ajoyib kambek amalga oshirib, “Vest Xem”ni taslim qildi. “Manchester Yunayted” esa o‘yinning so‘nggi daqiqalarida “Fulxem” ustidan g‘alabaga erishdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda turnir jadvalida “kanonirlar” 53 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Shaharliklar” 47 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikni esa 46 ochko jamg‘argan “Aston Villa” yakunlab turibdi.


Fikrlar