
APL. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun da’vogarlar ma’lum
Premer-ligada aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun 5 nafar da’vogar nomi malum bo‘ldi.
Unai Emeri (“Aston Vila”, 7 uchrashuvda 5 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat);
Pep Gvardiola (“Manchester Siti”, 5 uchrashuvda 5 ta g‘alaba);
Roy Xojson (“Kristal Pelas”, 6 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat);
Eddi Xou (“Nyukasl”, 7 o‘yinda 6 g‘alaba va 1mag‘lubiyat);
Gari O‘Nil (“Bornmut”, 7 uchrashuvda 5 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat).
G‘olib kelasi hafta muxlislar va mutaxassislar tomonidan ovoz berishdan so‘ng e’lon qilinadi.
Fikrlar