
APL. "Arsenal" "Lids" darvozasiga 4 ta gol urdi
Angliya premer-ligasining 24-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Lids”ni qabul qildi.
“Emireyts”da kechgan o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Shu kuni “Arsenal” raqibini 4:2 hisobida dog‘da qoldirdi. “Kanonirlar” safida gollarni Per-Emerik Obameyang (13', 41', 47') va Ektor Belerin (45') kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning ikki goliga Paskal Streyk (58') va Elder Koshta (69') mualliflik qildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Arsenal” o‘z hisobidagi ochkolarni 34 taga etkazib oldi va 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Lids” esa 32 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar