
apl. "chelsi" derbida g‘alabaga erishdi
"Kreyven Kottej" stadionida kechgan uchrashuvda "aristokratlar" 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 20-daqiqada Gonsalo Iguain hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib esa Kalum Chembers muvozanatni tikladi.
31-daqiqada esa Eden Azarning pasidan so‘ng Jorjino raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Amalda bu gol Mauritsio Sarri shogirdlariga 3 ochko keltirdi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng "Chelsi" hisobidagi ochkolar soni 56 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. "Fulxem" esa 17 ochko bilan 19-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar