APL joriy mavsumida rekord darajada iste’fo ro‘y berdi
Kecha Angliyada birdaniga ikki murabbiy iste’foga chiqarildi. Dastlab, "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers ishdan olingan bo‘lsa, so‘ngra "Chelsi" Grem Potter bilan xayrlashdi.
Londonliklar murabbiyining ishdan olinishi joriy mavsum APLdagi 13-iste’fo bo‘ldi. Bu APL tarixidagi rekord raqamlar hisoblanadi.
Avval Angliyada ko‘pi bilan 10 ta murabbiy ishdan bo‘shatilgan. Bu hodisa 2013/14, 2017/18 va 2021/22 yilgi mavsumlarga to‘g‘ri kelgan.

Fikrlar