APL klublari "Manchester Siti"ga 800 million funtlik da'vo tayyorlamoqda
Daily Mail nashri ma'lumotlariga koʻra, ehtimoliy da'volarning umumiy miqdori 800 million funt sterling atrofida boʻlishi mumkin. Bu taxminan 930 million yevroga toʻgʻri keladi.
Manbaga koʻra, mustaqil komissiya qarori Angliya Premier-ligasi klublari oʻrtasida ketma-ket sud ishlariga yoʻl ochishi ehtimoldan xoli emas.
Mutaxassislar bu jarayon kamida ikki yilga choʻzilishi mumkinligini aytmoqda. Ayni paytda liganing ilk toʻrtta jamoasi sudga murojaat tayyorlashni boshlab yuborgani xabar qilinmoqda.
Juma kuni Britaniya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma'lumotlarga koʻra, "Manchester Siti" Premier-liga moliyaviy qoidalarini buzish boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishdagi 115 banddan 114 tasi boʻyicha aybdor deb topilgan. Klub katta miqdorda jarima toʻlashi yoki umuman Angliya Premier-ligasidan chetlatilishi mumkin.

Fikrlar