
APL. "Liverpul" so‘nggi sekundlarda g‘alabani ilib ketdi
Angliya Premer-ligasi 2-turning so‘nggi bahsida "Liverpul" "Nyukasl" bilan kuch sinashdi va 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab Gravenberx kuchli zarba bilan chiroyli gol urdi va hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa Gordon van Deykka nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi va maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘limning 20-soniyasida Ekitika Gakponing uzatmasidan so‘ng oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Ushbu gollarga esa "qarg‘alar" futbolchisi Bruno hamda Osula 57 va 87-daqiqalarda gol urib, javob berdi. Lekin 16 yoshli Rio so‘nggi daqiqalarda Salohning uzatmasini golga aylantirib, mersisaydliklarga 3 ochkoni taqdim etdi.
{game}Salohning uzatmasini golga aylantirdi{/game}
Fikrlar