APL. "Manchester Siti" o‘z uyida g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa qaytdi
"Manchester Siti" Premer-liganing 23-turida "Aston Villa"ni o‘z maydonida qabul qildi. O‘yin "shaharliklar"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Rodri 4-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim so‘ngida mezbonlar yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 61-daqiqada Uotkins oradagi farqni qisqartirdi. Hisob 3:1.
Shu tariqa, "Manchester Siti" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida yana 2-o‘ringa qatyib oldi.

Fikrlar