
APL o‘yinlariga muxlislar qachon kiritilishi mumkin?
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson tomoshabinlarni sport tadbirlariga qaytarish rejasini taqdim etdi. Loyihaga ko‘ra, 17 maydan boshlab futbol uchrashuvlari va boshqa sport tadbirlari 10 minggacha tomoshabinni jalb qilishi mumkin, deb yozmoqda The Telegraph.
15 may sanasiga belgilangan Angliya kubogi finali uchrashuvi bu borada sinov o‘yini bo‘lishi kutilmoqda. Agar hammasi rejadagidek kechsa, 23 mayga belgilangan Angliya Premer-ligasining so‘nggi turida stadionlarga tomoshabinlarning kirishiga ruxsat beriladi. Biroq, bularning barchasi mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq.
Ayni paytda Angliya chempionatining o‘yinlari bo‘sh tribunalarda o‘tkazilmoqda.
Fikrlar