APL. So‘nggi daqiqalarda iroda namoyish etgan "bo‘rilar" kambek evaziga "Chelsi"ni mag‘lub etdi!
Angliya Premer-ligasi 13-turining ilk o‘yini bo‘lgan "Vulverxempton" - "Chelsi" bahsi hozirgina o‘z nihoyasiga etdi. Dramatik kechgan baxsda "bo‘rilar" "aristokratlar"dan ustun keldi.
Dastlab, 49-daqiqada "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada Daniel Podens hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida "Vulvz" hujumchisi Pedro Neto jamoasiga g‘alaba olib kelgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi: 2-1!
O‘yindagi g‘alabadan so‘ng, Nunu Eshpiritu Santu shogirdlari APL turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi, Lempard jamoasi esa bu turda kuchli to‘rtlikka kirolmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar