APL top-klublari "Barselona" hujumchisiga 50 millionlik taklif jo‘natishgan
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin edi. 25 yoshli futbolchining transferiga "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirgan, ikkala klub ham ispaniyalik futbolchi uchun 50 million evro to‘lashga tayyorligini bildirgan, deb xabar beradi Fichajes. Ma’lum bo‘lishicha,"ko‘k-anorranglilar" takliflarni rad etishdi va futbolchi sotilmasligini ma’lum qilishdi.
Transfermarkt portali ispaniyalik hujumchi 40 milion evroga baholamoqda, uning "Barsa" bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda tez-tez hujumchi pozitsiyasida o‘ynagan nominal vinger Xans-Diter Flik jamoasida 45 ta o‘yinda 19 ta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar