APL. "Vest Xem" qolish uchun kurashayotgan "Lids"dan ustun keldi

  • 21.05.2023 19:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

APL 37-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Lids" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

"Bolg‘achilar" safida Rays, Bouen hamda Lanzini gol urgan bo‘lsa, "Lids"ning yagona goliga Rodrigo mualliflik qildi. 

Ushbu natijadan so‘ng "Lids" APLda qolish imkoniyatni yana ham pasaytirib yubordi. Mavsum yakuniga 1 tur qolgan holatda ular 17-o‘rindagi "Everton"dan 2 ochko ortda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!