APL xorijlik futbolchilarga cheklov qo‘yishi mumkin

  • 5 mart, 2023, 21:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya futbol assotsiatsiyasi chempionat o‘yinlariga legionerlar safini kamaytirmoqchi. Bu haqda "The Sunday Time" o‘z sahifalarida xabar berdi.

Garchi hozir mahalliy klublar uchun Evropa Ittifoqi davlatlaridan o‘yinchilarni sotib olish qiyinroq bo‘lsa-da, Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan futbolchilarni taklif qilish osonroq bo‘ldi.

FA ijrochi direktori Mark Bullingem so‘nggi ikki transfer oynasida ingliz klublari oldingi davrlarga qaraganda ikki barobar ko‘proq xorijliklar bilan shartnoma imzolaganini aytdi. Qayd etilishicha, o‘tgan haftada premer-liga klublarining asosiy tarkibidan o‘rin olgan futbolchilarning atigi 28 foizini inglizlar tashkil etgan.

Vaziyatdan kelib chiqib, Angliya legionerlarga chek qo‘yishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!