APLda eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi murabbiy kim?

  • 7 may, 2021, 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi o‘zining rasmiy saytida chempionatning yakunlangan aprel oyidagi eng yaxshi futbolchi va murabbiyi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.

Tecno

Futbolchilar orasida ushbu nom uchun Trent Aleksandr-Arnold ("Liverpul"), Styuart Dallas ("Lids"), Meyson Grinvud ("Manchester Yunayted"), Kelechi Ixeanacho ("Lester"), Jessi Lingard ("Vest Xem"), Mateus Pereyra ("Vest Bromvich"), Allan Sen-Maksimen ("Nyukasl") va Kris Vud ("Byornli") kurash olib bormoqda.

Murabbiylar orasida esa Ule Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted"), Marselo Belsa ("Lids"), Sem Ellardays ("Vest Bromvich") va Stiv Bryus ("Nyukasl") nomzodlari bor.

So‘rovnoma APL rasmiy saytida o‘tkazilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!