APLda hech bir futbolchi Xarri Keyn qilgan ishni uddalay olmagan

  • 4 aprel, 2021, 22:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya premer-ligasining 30-turida "Tottenxem" safarda "Nyukasl" (2:2) bilan durang qayd etdi. Shu kuni “shporlar”ning har ikkala goliga ham Xarriy Keyn mualliflik qildi.

E’tiborlisi, Keyn shu tariqa premer-liganing safar o‘yinlarida kiritgan gollari sonini 84 taga etkazib oldi. Buning uchun unga 120 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, bu APL uchun rekord natija hisoblanadi. Shu paytgacha hech bir futbolchi bir jamoa safida premer-liganing mehmondagi o‘yinlarida bu qadar ko‘p gol urmagan.

Xarri Keyn joriy mavsum APLda jami 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. U musobaqa to‘purarlari jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinda borayotgan "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh hisobida 18 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!