
APLda yil futbolchisi nomi ma’lum qilindi
APL 2019/2020 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchi unvoni "Manchester Siti" sardori Kevin De Bryuynega nasib etdi. U ushbu nomni qo‘lga kiritishda Jordan Xenderson, Trent Aleksandr-Arnold, Markus Reshford va yana bir qator mavsumning eng yaxshi futbolchilarini ortda qoldirdi.
"Tumanli albion" birinchiligining yakunlangan mavsumida belgiyalik futbolchi 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 20 ta assist muallifiga aylandi. Golli uzatmalar ko‘rsatkichi bo‘yicha Terri Anri tomonidan o‘rnatilgan APL rekordini yangiladi.
Fikrlar